Andijon viloyatida 3 ta iste’molchi 1 mlrd 710 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi

Andijon viloyatida 3 ta iste’molchi 1 mlrd 710 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Andijon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Z.B.X.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Bu kabi holat Asaka tumanida joylashgan “Z.P.” MCHJga tegishli bolalar bog‘chasining elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 502,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi.

Shuningdek, Andijon shahrida joylashgan “Bolalar bog‘i”ning elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, jami 462,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!