"Chelsi" "Barselona" hujumchisi bilan shartnoma imzolash arafasida

"Chelsi" "Barselona" hujumchisi bilan shartnoma imzolash arafasida

"Chelsi" "Barselona" akademiyasida tahsil olgan Mark Giu bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Fabrisio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishib olishgan. Bu transfer "aristokratlar"ga 6 million yevroga tushadi. 2006 yilda tug‘ilgan ispaniyalik strayker bilan uzoq yillik bitim tuzilishi rejalashtirilgan.

Giu jamoaga Vitor Roke kelganidan keyin maydondagi daqiqalari keskin kamayib ketishini bildi va kataloniyaliklar safini tark etishga qaror qildi. Shundoq ham, unga ko‘p o‘yin amaliyoti berilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!