Nodirbek Abdusattorov "Superbet Chess Classic Romania" turnirida qatnashmoqda

Nodirbek Abdusattorov "Superbet Chess Classic Romania" turnirida qatnashmoqda

Bugun, 26 iyun kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha "Grand Chess Tour" seriyasiga kiritilgan birinchi nufuzli musobaqa –"Superbet Chess Classic Romania" turniri boshlanadi.

Dunyoning yetakchi grossmeysterlari rossiyalik Yan Nepomnyashiy, hindistonlik Gukesh Dommaraju, amerikalik Fabiano Karuana, Fransiya vakili Alirizo Firudja, AQShlik Uesli So, fransiyalik Maksim Vashye – Lagrev, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha, niderlandiyalik Anish Giri, ruminiyalik Bogdan-Daniel Dyak qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ushbu turnirda g‘oliblik uchun kurash olib borishga hozirlik ko‘rmoqda.

Kecha musobaqa oldidan tashkil etilgan qur’a natijasiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov turnirning 1-turida hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz oq donalarda dona suradi. 1-tur musobaqalarida shuningdek, Alirizo Firudja – Fabiano Karuana, Maksim VashYE-Lagrev – Yan Nepomnyashiy, Gukesh Dommaraju- Bogdan – Daniel Des, Anish Giri – Uesli So ro‘baro‘ keladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyulgacha davom etadigan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat etib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!