Toshkentda bugun minglab xonadonlarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentda bugun minglab xonadonlarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 26 iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Aholi iste’molchilari soni:

  • “Sohibqiron” MFY 15 ta ko‘p qavatli uylardagi 936 ta xonadon;
  • “Yangi Sergeli” MFY 28 ta ko‘p qavatli uylardagi 1137 ta xonadon;
  • “Ezgulik” MFY 26 ta ko‘p qavatli uylardagi 1699 ta xonadon;
  • “Daryo bo‘yi” MFY 1120 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni — 52 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!