Ronaldu 25 million yevro evaziga Dubaydan yer sotib oldi

Ronaldu 25 million yevro evaziga Dubaydan yer sotib oldi

Krishtianu Ronaldu Dubaydagi oroldan 25 million yevroga yer sotib oldi.

Portugaliyalik hujumchi Jorjina Rodriges bilan birgalikda Dubaydagi Jumeirah Bay’ning bir qismiga egalik qiladi. Bu dengiz oti shaklidagi sun’iy orol bo‘lib, Dubay bilan 300 metrlik ko‘prik orqali bog‘langan.

Er-xotin o‘zlari va besh farzandi uchun o‘sha yerdan uy qurish niyatida. Qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugashi rejalashtirilgan.

Hozirda “An-Nassr”ning 39 yoshli hujumchisi Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Yevro—2024 da to‘p surmoqda.

Amerikaning sport va biznesga oid nufuzli nashri Sportico nashri 2023 yil natijalariga ko‘ra dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatni 275 million dollar ishlab topgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi.

Ronaldu 2023 yil yanvaridan beri o‘ynab kelayotgan “An-Nassr”dagi maoshi va mukofot pullari evaziga hisobini 215 million dollarga to‘ldirdi. Yana 60 million dollar homiylar bilan shaxsiy shartnomalardan tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!