Makron Putin haqida kutilmagan bayonot berdi

Makron Putin haqida kutilmagan bayonot berdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Generation Do It Yourself” (GDIY) kanali efirida chiqish qilib, Rossiya yetakchisi bilan u yoki bu mavzuda suhbatlashishi mumkinligini aytgan.

– Men muloqot kuchiga ishonaman, Putin bilan muloqotni davom ettirgan bo‘lardim, – dedi Makron. – So‘nggi bir necha oy davomida gaplashmadik, biroq men masalan atom elektr stansiyalari yoki boshqa istalgan mavzudagi suhbatni istisno etmayman. Chin dildan aytyapman, men doim muloqotni davom ettirish muhim, deb hisoblayman.

Mart oyida Makron “France 2” telekanaliga intervyu berganda Putin bilan munosabati sovugani haqidagi gaplarni rad etgan. U Ukrainada amaliyot boshlangandan keyin RF Prezidenti bilan bir necha bor telefon orqali gaplashganini eslatdi.

Avvalroq Putin ham Rossiya istiqbolda Fransiya bilan hamkorlikda harakat qilishga tayyorligini aytib, Makron bilan yaxshi munosabatda ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!