O‘zbek bokschilari Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega bo‘ldi

O‘zbek bokschilari Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega bo‘ldi

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sayti xabar berdi.

Xususan, musobaqada g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallagan o‘zbek bokschilari quyidagilar:

O‘g‘il bolalar:

Bronza medal

-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov 

-60 kg: Rahmatillo Toshpo‘latov

Kumush medal

- 56 kg: Xurshid Rasuljonov

- 60 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev

- 69 kg: Nurislom Ismoilov

- 91 kg: Amirshoh Samadov

Oltin medal

- 75 kg: Suhrob Qayimov

- 81 kg: Shohjahon Abdullayev

Qizlar:

Bronza medal

-51 kg: Saydiniso Muhammadaliyeva

-54 kg: Nasiba Hayrullayeva

-60 kg: Ziyoda Yarasheva

-64 kg: Dilfuza Bekova

-69 kg: Xadichabonu Abdullayeva

Kumush medal

-75 kg: Navbahor Hamidova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!