«Uylanadigan ayolimni tushimda ko‘rdim...»

«Uylanadigan ayolimni tushimda ko‘rdim...»

Alloma Muhammad Said Ramazon Butiy o‘zlarining ”Fikr va qalbdan” nomli kitobida yozadilar:

Ayolim (ayollarining ismi Amira) kasal bo‘lgan paytlarda Allohga ko‘p iltijo qilar edim. Biror kecha to‘liq yoki uning ayrim qismini yig‘lab, duo va iltijo bilan bedor o‘tkazmay qolmaganman. Har kecha yolvorib duo qilib chiqardim. Bir kecha tushimda xotifdan xabar kelib menga; "Amira o‘ldi" – dedi. Vahimaga tushib uyg‘onib ketdim va sunnatdagidek (chap tomonga) tuflab keyin boshqa tomonga o‘girilib oldim.

Ko‘zim yana uyquga ketishi bilan tushimda o‘zimni bir joyda ko‘rdim. Unda mening oldimda deraza ortida yuzi va sochlari ochiq, shakl va belgilari aniq bir ayol turganini ko‘rdim va "bu sening ayoling Muzi’a" (targ‘ibotchi, radio orqali matn o‘quvchi), – degan ovozni eshitdim!..

Ayolim shundan keyin uch kun o‘tib  vafot etdi. Uning vafotidan bir necha oy o‘tganidan so‘ng Allohning qazoi qadarida bitilgan boshqa ayol menga ro‘baro‘ keldi.. Men unga nazar solib qaraganimda e’tibor bersam tushimda ko‘rgan o‘sha belgi va shakllari hamda o‘sha qiyofalari bilan turgan yuzni ko‘rar edim.

Men birinchi ayolim vafotiga bog‘liq bo‘lgan Allohning qazosini qabul qilganimdek, ikkinchi (ayol) bilan bog‘liq Allohning qazosini ham shukr bilan qabul qildim.

Keyin men unga o‘zimga ko‘rsatilgan ajoyib tush xabarini aytib berdim.. Unga: "Mana men bu nikohlanishning tasdiqini ko‘rdim, ammo (tushimda aytilgan) Muzi’aning ma’nosi nima"? - dedim.

U: "Ehtimol Alloh meni o‘ziga targ‘ib qiluvchilardan deb yozsa kerak" – dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!