Uy olib berishni va’da qilgan shaxs fuqaroni 20 ming AQSh dollariga "uxlatti"

Uy olib berishni va’da qilgan shaxs fuqaroni 20 ming AQSh dollariga "uxlatti"

I.Mamanov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan F.Allayevga “Jizzax shahardagi ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olib beraman” deb aldab, F.Allayevning ishonchiga kirish maqsadida telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi “Uy savdosi” nomli guruhda sotuvga qo‘yilgan uylarning rasmlarini olib, ushbu ijtimoiy tarmoq orqali unga ko‘rsatib, telegramm ijtimoiy tarmog‘ida ko‘rsatgan uyni sotib olib berishini aytib, uning qaynonasi T.Samanovadan F.Allayevga tegishli bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, ya’ni 2020 yil 18 sentyabr kuni 4.000 AQSh dollari hamda oktyabr oyining boshlarida 16.000 AQSh dollari, jami 20.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud majlisida I.Mamanov aybiga qisman iqrorlik bildirgan bo‘lsada, uning aybi jabrlanuvchi va guvohlarning ish holatini tasdiqlab bergan ko‘rsatuvlari, shuningdek, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, chizma, fotojadval, I.Mamanovning pasport nusxasi orqa tomoniga yozilgan tilxati, taqdim qilingan narsani olish haqida bayonnoma, sudga oid xatshunoslik ekspertizasining xulosasi, fotojadval, so‘roq, yuzlashtirish bayonnomalari hamda sudda tekshirilgan ishonchga sazovor boshqa ob’ektiv dalillar bilan isbotlan

Sud tomonidan I.Mamanovga O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 4-qismining “a” bandi bilan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, I.Mamanovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Dilshod Eshmatov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!