Fransiyada denge bezgagi kuchaymoqda

Fransiyada denge bezgagi kuchaymoqda

Parij Olimpiadasi oldidan Fransiyada denge bilan kasallanish holati ko‘payishi xavotirni kuchaytiryapti.

Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Gregori Emeri jurnalistlarga mamlakatda denge isitmasi rekord darajada o‘sishi kuzatilayotganini aytdi. Joriy yil 1 yanvardan buyon 1679 kishida ushbu kasallik qayd etilgan.

Mulozim ta’kidlashicha, eng ko‘p holat Janubiy Amerikadan va Karib dengizi davlatlaridan kelgan yo‘lovchilarda uchragan.

Rasmiylar Olimpiada payti virusga chalinganlar soni ortishi mumkinligidan xavotirda.

Parij yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Denge isitmasi hasharot orqali yuqadigan yuqumli kasallik.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, bu xastalikni maxsus davolash usuli mavjud emas, yetti kun davom etadigan alomat, odatda, og‘riq qoldiruvchi vosita bilan davolanadi. Mazkur virus kamdan-kam holda o‘limga olib keladi. Jahon chivinga qarshi kurash dasturi ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 390 millionga yaqin odamda denge isitmasi yuz berib, 36 000 ga yaqin inson vafot etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!