Evroparlament Rossiyadagi prezidentlik saylovi noqonuniyligi to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi

Evroparlament Rossiyadagi prezidentlik saylovi noqonuniyligi to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi

Evroparlament Vladimir Putinni Rossiyaning noqonuniy prezidenti deb tan olgan rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda Yevroparlament matbuot xizmati xabar berdi.

Ayblovga Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham «saylov» o‘tkazilgani sabab bo‘lgan.

Evroparlament deputatlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylarining bu «bema’ni tomoshasidan» yagona maqsad Vladimir Putin uchun saylovning qonuniyligi, uning ichki qatag‘on siyosati va eng muhimi, Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi uchun ko‘rinish yaratish edi.

«Evropa Ittifoqi Rossiya fuqarolik jamiyati va demokratik muxolifatni faol qo‘llab-quvvatlashi kerak. Parlament a’zo davlatlarni Putin bilan aloqalarini mintaqada tinchlik uchun zarur bo‘lgan masalalar, shuningdek, mahbuslar almashinuvi, Ukrainadan deportasiya qilingan bolalarni qaytarish yoki siyosiy mahbuslarni ozod qilish kabi gumanitar va inson huquqlari maqsadlari bilan cheklashga chaqiradi» deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!