Uxandagi o‘zbeklar O‘zbekistonga olib kelinadimi? Abdulaziz Komilov javob berdi

Uxandagi o‘zbeklar O‘zbekistonga olib kelinadimi? Abdulaziz Komilov javob berdi

Yangi tipdagi koronavirus tarqalayotgan Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib turgan 30dan ortiq o‘zbekistonlik talaba vatanga qaytariladi.

Bu haqda ma’lum qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bu borada aniq sanalarga to‘xtalmadi.

«Hozir ular bilan birga ishlayapmiz. Qaytamiz, deyishsa, qolinglar deya olmaymiz-ku, to‘g‘rimi? Albatta, ularni olib kelamiz. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birga, ular kelishlari bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi», – dedi TIV rahbari 25 yanvar kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!