O‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar urug‘larini qayta ishlashdan olingan yog‘larni import qilishga ruxsat beriladi

O‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar urug‘larini qayta ishlashdan olingan yog‘larni import qilishga ruxsat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urug‘larini qayta ishlashdan olingan o‘simlik yog‘larini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat beriladi.

Kungaboqar va paxta yog‘i (TIF TH kodi 1512) hamda aralash yog‘lardan (TIF TH kodi 1517 90 910 0) tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.

Mazkur qarorga asosan eksport qilinishi mumkin bo‘lgan o‘simlik yog‘i hajmini aniqlashda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2024 yil 1 yanvardan boshlab import qilingan moyli ekinlar urug‘lari va o‘simlik yog‘lari hajmlari inobatga olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!