Ursula fon der Lyayen Stoltenberg iste’foga chiqqanidan keyin NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin — The Sun

Ursula fon der Lyayen Stoltenberg iste’foga chiqqanidan keyin NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin — The Sun

Nashrning diplomatik manbaga tayanib yozishicha, uning Yevrokomissiya prezidenti sifatidagi vakolatlari kelasi yilda tugasa-da, NATOga a’zo qator davlatlar unga shu yilning oktyabrida alyansni boshqarishni taklif qilgan.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles ham xuddi shunday pozisiyani da’vo qilmoqda. The Sun nashrining yozishicha, agar uning nomzodi ma’qullansa, u so‘nggi 20 yil ichida britaniyalik birinchi NATO Bosh kotibiga aylanadi.

Biroq hozircha rasmiy saylovlar belgilanmagan, yangi rahbarning nomzodi esa yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!