Urgutda “opiy” va “geroin” giyohvand moddalarini olib yurgan shaxs ushlandi

Urgutda “opiy” va “geroin” giyohvand moddalarini olib yurgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumani hududida o‘tkazilgan tadbirda Urgut tumani “Sariq tepa” mahallasida “Cobalt” rusumli avtomashina shubha uyg‘otganligi sababli tuman IIB binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida haydovchisi, Samarqand shahar Manguberdi ko‘chasida yashovchi, 1975 y.t., fuqaro B.M. shaxsiy tintuv qilingan vaqtida, egnidagi qora rangli sport kiyimining o‘ng cho‘ntagidan 3 dona sellofan paketga solingan oq rangli, o‘tkir hidli, “geroin” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar va chap cho‘ntagidan 10 dona sellofan paketlarga alohida-alohida qilib qadoqlangan qora rangli “opiy” giyohvandlik moddalariga o‘xshash giyohvandlik moddalari va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Viloyat IIB YEKBning ma’lumotnomalarida, fuqaro B.M.dan daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan 3 dona sellofan bo‘laklariga “geroin” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 2,96 grammga tengligi, 10 dona selofan bo‘laklariga qadoqlangan modda “opiy” guruhiga mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjudligi, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishi, uni sof og‘irligi 8,69 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!