O‘quvchilarni akademik liseylarga qabul qilishning yangi tartibi qabul qilindi

O‘quvchilarni akademik liseylarga qabul qilishning yangi tartibi qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchilarni akademik liseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori bilan yangi nizom joriy etildi. Ushbu tartiblar akademik liseylarga kirish jarayonini yanada samarali va shaffof qilishga qaratilgan.

Akademik liseylarga qabul jarayoni:


Ro‘yxatdan o‘tish


Ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi:

Akademik liseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali bepul amalga oshiriladi.
Yo‘nalish tanlash:

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik liseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan yo‘nalishlardan bittasini tanlash imkoniyati beriladi.
Test sinovlari
Kirish test sinovlari:
Abituriyent o‘z tanlagan hududda, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining vazifalari
Qabul parametrlari tasdiqlanishi:

Har yili 1-iyunga qadar, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, akademik liseylarga qabul parametrlari tasdiqlanadi.
Test sinovlari uchun fanlar majmuasi:

Har yili 1-noyabrga qadar, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi navbatdagi o‘quv yili uchun akademik liseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari va mantiqiy fikrlash darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha test uchun tayyorlanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!