Ulan-udelik ayol yong‘in vaqtida 12 kishining hayotini saqlab qoldi

Ulan-udelik ayol yong‘in vaqtida 12 kishining hayotini saqlab qoldi

Buryatiya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimasi Svetlana Pejemskaya Ulanu-Udedagi yong‘in vaqtida 12 kishining hayotini saqlab qoldi. 

Yong‘in shahar markazidagi uyda chiqqan. 26 yoshli ayol tutun hidini sezib, o‘z yaqinlarini ko‘chaga olib chiqqan. So‘ngra boshqa odamlarga binodan chiqishda ko‘mak bergan.

Ta’kidlanishicha, ayol 7, 8 va 10 yoshli jiyanlarini, xolasini ko‘chaga olib chiqqan. So‘ngra qo‘shni kvartiralardagi oynalarni sindirib, qo‘shnilarini uyg‘otgan va yana 8 kishini ko‘chaga olib chiqqan.  

Maxsus xizmatlar yetib kelguncha uyning tomi butkul yonib bo‘lgan. Yong‘in vaqtida bir kishi halok bo‘lgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!