Ukrainaliklarning 32 foizi tinchlik uchun hududlarni Rossiyaga berishga rozi

Ukrainaliklarning 32 foizi tinchlik uchun hududlarni Rossiyaga berishga rozi

Ukrainada o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, aholining 32 foizi tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berishga rozi.

Oxirgi 1 yilda Ukrainada tinchlik uchun dushmanga hududiy imtiyoz berishni yoqlovchilar ko‘paygan. Bu mamlakatning Rossiyaga yutqazishi va iqtisodiy muammolar qurshovida qolganiga bog‘liq ekan.

Kiyev Xalqaro sosiologiya instituti 16—22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududlarda so‘rovnoma o‘tkazgan. Undan turli joylardan 1067 kishi qatnashgan. Ularning 1/3 qismi hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan.

Qatnashuvchilarning 55 foizi har qanday hududiy yonberishga qarshiligini bildirgan. Tinchlikka erishish uchun Rossiya o‘zi bosib olgan hududlardan chiqib ketishi zarurligini aytishgan.

13 foiz respondent Rossiyaga og‘ir talablarni ilgari surgan. Unga ko‘ra, Moskvadan qo‘shinni olib chiqib ketish, Qrimni qaytarish va reparasiya to‘lash talab qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli 2,5 yil davom etgan urushda Rossiya Ukraina hududining qariyb 18 foizini egallagan. Sharqiy frontda Ukraina ko‘p mustahkam pozisiyalarini boy bergan.

Hududiy imtiyoz deganda, 2022 yil xalqaro hamjamiyat fikriga zid ravishda Rossiya tarkibiga kiritilgan Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlari nazarda tutilgan. Sharoitdan kelib chiqib ukrainlarning bir qismi bu hududlarni qaytarishni imkonsiz deb hisoblagan va tinchlik yo‘lida ulardan voz kechishga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!