Ukrainadan O‘zbekistonga bir oydan beri 50 vagon shirinliklar kiritilmayapti

Ukrainadan O‘zbekistonga bir oydan beri 50 vagon shirinliklar kiritilmayapti

Ukraina qandolatchilik mahsulotlarining O‘zbekistondagi rasmiy dilerlaridan biri xabar berishicha, 50 vagon ukrain shirinliklari bir oydan ortiq vaqt davomida chegarada turib qolgan.

“Chegarada o‘nlab vagonlar turibdi. Ularning har birida o‘rtacha 50 tonnadan mahsulot bor. Mahsulot yetkazib berish haqidagi shartnoma sentyabr oyi boshlarida tuzilgan edi. Mahsulotning o‘zi esa noyabrda yetib kelgan va shundan beri turibdi. Men ularni yangi yilgacha sotib yuborishni rejalashtirgandim”, – deb shikoyat qilmoqda diler.

Uning so‘zlariga qaraganda, mahsulot ikki nazorat punktida turibdi – “Toshkentsavdo” va “Sergeli”.

“O‘zbekiston bojxonasi mollarni rasmiylashtirishdan besabab bosh tortmoqda. Ularning aytishicha, rasmiylashtirish haqida buyruq kelib tushmagan”, – deb ta’kidlamoqda manba.

Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, qandolat mahsulotlarini rasmiylashtirish bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q.

“Ukraina mollarini kiritish bo‘yicha hech qanday to‘sqinliklar yo‘q. Bojxona rasmiylashtirish qoidalari barcha ishlab chiqaruvchilar uchun birdek amal qiladi. Mollarni kiritishga faqat ishlab chiqaruvchilar hujjatlari to‘g‘ri kelmagan holdagina cheklov o‘rnatilishi mumkin”, – deb ta’kidladi qo‘mita matbuot xizmati rahbari Nurbek Salomov.

Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobulovning aytishicha, tovarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni temir yo‘llarda yuqlar ko‘payib ketishi bilan bog‘liq muammo tufayli vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Biroq O‘zbekiston tomonidan ukrain qandolat mahsulotlarini kiritish bo‘yicha muammolar borligini Ukraina qandolatchilar assosiasiyasi (Ukrkondprom) ham tasdiqladi.

Shuningdek, xabar Turon24'ga Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati tomonidan ham tasdiqlandi.

Manba: everyday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!