Ukrainada «voyenkomat» xodimlariga xavf tug‘ilganda o‘ldirishga ruxsat berildi

Ukrainada «voyenkomat» xodimlariga xavf tug‘ilganda o‘ldirishga ruxsat berildi

Ukrainaning Volin viloyatidagi hududiy ro‘yxatga olish markazlarining xodimlariga, agar hayot uchun xavfli voqea sodir bo‘lsa, o‘ldirish uchun o‘q uzishga ruxsat berildi. Bu haqda viloyat ro‘yxatga olish markazi o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Tashkilot, shuningdek, ro‘yxatga olish markazi nozik ob’ekt ekanligini qo‘shimcha qildi va «hazillar tugadi va endi hamma narsa qonun bo‘yicha bo‘ladi» deb ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni noma’lum shaxslar Lutsk shahridagi markaz qo‘riqlash postida o‘q uzgan – bir harbiy xizmatchi yaralangan. Hujumchilar qochishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!