Ukrainada Su-27 samolyoti halokatga uchradi

Ukrainada Su-27 samolyoti halokatga uchradi

Jitomir oblastida Ukraina HHKga qarashli Su-27 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Ukraina bosh shtabi xabar berdi.

Samolyot qo‘nayotgan vaqtda halokatga uchragan.

"Uchuvchi halok bo‘ldi. Voqea sabablari o‘rganilmoqda", deyiladi xabarda.

Bu Ukraina HHKga qarashli ikkinchi samolyotning halokatga uchrashidir. Oktyabr oyida Vinnisa viloyatida NATO bilan hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti paytida Su-27UB samolyoti halokatga uchragandi. O‘shanda samolyot bortida bo‘lgan ukrainalik va amerikalik uchuvchi halok bo‘lgandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!