Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mexanizasiyalashgan brigadalarni tuzmoqda. Bu nimadan dalolat?

Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mexanizasiyalashgan brigadalarni tuzmoqda. Bu nimadan dalolat?

Ukraina Qurolli Kuchlari yangi mexanizasiyalashgan brigadalarni tuzmoqda va bu Kiyev Rossiya bilan keng ko‘lamli urush yaqin kelajakda tugashini kutmayotganligini ko‘rsatadi — Forbes.

Maqolada ta’kidlanishicha, yangi brigadalarni tuzish ikki narsaga bog‘liq: muvaffaqiyatli safarbarlik va xorijiy yordam. Militaryland tahlilchilarining fikriga ko‘ra, endilikda barcha yangi mexanizasiyalashgan brigadalar xorijiy mamlakatlarda o‘qitiladi va ularning ko‘plab yollangan a’zolari ushbu mamlakatlarda yashovchi ukrainaliklar orasidan jalb qilinadi.

"Ukraina armiyadagi yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun yetarlicha qo‘shinni safarbar qilishi, shuningdek, yangi brigadalar va ularga kerak bo‘ladigan har qanday yordam bo‘linmalari uchun qo‘shinlarni tayyorlashi kerak" , deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!