Ukraina ilk bor Rossiyaning Kirov viloyatiga dronlar uchirdi

Ukraina ilk bor Rossiyaning Kirov viloyatiga dronlar uchirdi

Kirov viloyati gubernatori Aleksandr Sokolovning aytishicha, 28 avgust kuni ertalab Kotelnich shahriga dron hujum qilgan.

Dronlar Kotelnich shahridagi «Rosrezerv»ning «Zenit» zavodidagi rezervuarlarga zarba bergan.

Baza telegram kanali ikki dron Vyatka zavodidagi neft mahsulotlari saqlanadigan omborga hujum qilganini da’vo qilmoqda. Dronlardan biri tank tomiga, ikkinchisi bo‘sh tankga tegdi. Ko‘p o‘tmay, telekanal neft omboriga yana ikkita dron tomonidan hujum qilingani haqida xabar berdi. Zarba va portlashdan keyin tanklardan biri yonib ketdi.

Shot telegram kanali xabariga ko‘ra, Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining zarbalari natijasida ikkita tank yonmoqda.

Kotelnich shahri Ukraina bilan chegaradan taxminan 1,5 ming kilometr uzoqlikda joylashgan. Kirov viloyatida dron hujumlari ilgari qayd etilmagan, deb yozadi BBC Rus xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!