To‘ydagi falokat: "Tiko"ga chiqqan kelinning onasi, xolasi va singlisi halok bo‘ldi

To‘ydagi falokat: "Tiko"ga chiqqan kelinning onasi, xolasi va singlisi halok bo‘ldi

Tojikistonda fojia sodir bo‘ldi. To‘y kortejidagi mashinalardan birining avtofalokatga uchrashi natijasida kelinning onasi, xolasi va opasi vafot etdi.

Tojikiston IIVning xabar berishicha, 16 iyun kuni "Tiko" mashinasi Hisor qishlog‘idagi 300 metrlik chuqurlikka tushib ketgan. Natijada ikkita ayol voqea joyida halok bo‘lgan, deb yozadi "Axbor" nashri.

"Oila" mahalliy nashrining xabar berishicha, falokatga yo‘liqqan mashina to‘y kortejidagi avtomobillardan biri bo‘lgan, kelinning onasi va xolasi voqea joyida halok bo‘lishgan. Manbaga ko‘ra, kelinning 2018 yilda tug‘ilgan singlisi 17 iyun kuni kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.

“Kelin ota uyiga qaytishga majbur bo‘ldi. U egnidagi kelinlik libosini motam libosiga almashtirishga majbur bo‘ldi. To‘y azaga aylandi", — deb yozadi nashr.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!