Turkiyada polisiya saylov byulletenlarini olib ketayotgan mashinani o‘qqa tutdi
Turkiyaning Shonliurfa viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir avtomobilni to‘xtatib, undan to‘rt qopda saylov byulletenlarini topdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Voqea Suruch tumanida ro‘y berdi. Maxsus operasiya chog‘ida polisiyachilar voqea joyidan qochishga uringan mashinani o‘qqa tutdi. Mashina ichidan ko‘p miqdorda saylov byulletenlari topildi.
Aytilishicha, jinoyatchilar byulletenlarni saylov uchastkalaridan biriga olib borib, ulardan saylov natijalarini soxtalashtirishda foydalanishga uringan.
Uch kishi qo‘lga olindi.
Manba: zamin.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)