Turkiya Moskvadagi portlash tashkilotchisini qo‘lga oldi

Turkiya Moskvadagi portlash tashkilotchisini qo‘lga oldi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya Rossiyada portlash uyushtirganlikda gumon qilingan shaxs Bodrumda qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Bugun soat 10.30 da Interpolning Rossiya bo‘limi xodimlari bizning Interpol/Evropol bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, “Rossiya fuqarosi Evgeniy Serebryakov Moskva shahrida bomba o‘rnatilgan avtomobil yordamida terakt uyushtirgani, terakt natijasida 2 kishi jarohatlangani haqida xabar berishdi.

Razvedka boshqarmasi, Interpol/Evropol boshqarmasi, MİT boshqarmasi, Migrasiya nazorati boshqarmasi, Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Mug‘la viloyati xavfsizlik boshqarmasi bilan zarur muvofiqlashtirish amalga oshirildi.

Interpolning Rossiya bo‘limidan olingan maktubdagi shaxsi va fotosuratlari bilan mos keladigan shaxs bugun Bodrumda Mug‘la viloyat xavfsizlik boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘lga olindi.
– dedi Turkiya IIV rahbari X platformasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!