Tramp yana prezident bo‘lmoqchi

Tramp yana prezident bo‘lmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezident saylovida qayta saylanmoqchi. U saylovoldi kampaniyasiga kirishganini 18 iyunda Orlando shahrida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda e’lon qilgan.

“Bugun sizlarning oldingizda AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylanish bo‘yicha kampaniyamni rasman boshlamoqchiman”, – degan Tramp.

U shuningdek amerikaliklarni 2020 yil 3 noyabrdagi saylovda faol qatnashib, "bu korrupsiyalashgan tizimga barham berishga" chaqirdi.

Trampning 2016 yildagi saylovoldi shiori "Amerikaning buyukligini qaytaraylik" (Make America Great Again) bo‘lsa, 2020 yildagi shiori "Amerikani buyukligini davom ettiraylik" (Keep America Great) bo‘ldi. Trampning iddaosicha, Amerika tobora farovonlashmoqda va yangi cho‘qqilarga erishmoqda.

“Butun dunyo havas qiladigan iqtisodiyotimiz bor, balki tariximizdagi eng yaxshi iqtisodiy ahvoldadirmiz hozir”, – degan prezident.

Trampning tarafdorlari uni Floridada xursandchilik bilan kutib olishdi: ba’zilari prezident qatnashadigan tadbirga boshlanishidan 40 soat oldin navbatga turgan. 25 ming odam sig‘adigan arenaga kirish uchun 100 mingdan ortiq kishi murojaat qilgan.

Saylovda qatnashishini Tramp aynan Orlandoda e’lon qilishi bejiz emas. 2016 yilgi saylovda "ikkilanayotgan shtatlar" orasida Tramp aynan Floridada katta g‘alabaga erishgan edi.

Siyosatshunoslarning fikricha, hozircha Trampni saylovda yuta oladigan raqib mavjud emas, uni ko‘pchilik qo‘llaydi.

Manba: minbar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!