Tramp Viskonsin shtatidagi saylov natijalarini qayta hisoblash uchun 3 million dollar to‘ladi

Tramp Viskonsin shtatidagi saylov natijalarini qayta hisoblash uchun 3 million dollar to‘ladi

18 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Trampning saylov kampaniyasi Viskonsin shtatidagi ikkita saylov okrugida yig‘ilgan byulletenlarni qayta sanash uchun 3 million dollar to‘ladi. Tramp tarafdorlari aynan shu ikki okrugni «eng yomon qonunbuzarliklar» sodir bo‘lgan joy, deb atagan bo‘lsa-da, Viskonsin shtatidagi saylov bo‘yicha mas’ullar hech qanday qonun buzilish hollari qayd etilmaganini ta’kidlashgan.

Tramp Miluoki va Deyn okruglarida qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul to‘lagan bo‘lib, u bu hududlarda 213 157 ta ovoz to‘plagan bo‘lsa, uning raqibi Jo Bayden 577 455 ta ovoz yig‘ishga erishgan.

«Viskonsin aholisi saylov jarayonlari qonuniy va oshkora bo‘lgani yoki unday emasligini bilishga haqlidirlar. Afsuski,  ushbu ikki okrugda qayta hisoblovlar o‘tkazilmasdan avval saylov natijalarining yaxlitligiga ishonib bo‘lmaydi. Saylovning haqiqiy natijalarini faqat qonuniy saylov byulletenlari hisoblab chiqilgandan keyin bilamiz”, deydi Trampning saylov kampaniyasi a’zosi Jim Troupis.

Agar saylov komissiyasi raisi tomonidan rasman tasdiqlansa, Viskonsindagi byulletenlarni qayta ko‘rib chiqish 19 noyabrdanoq boshlanishi mumkin. Uning natijalari esa 1 dekbarga qadar oshkor qilinishi kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!