Tramp G7 sammitini o‘zining kurortida o‘tkazmaydi

Tramp G7 sammitini o‘zining kurortida o‘tkazmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp G7 sammitini o‘ziga qarashli “Trump National Doral Miami” kurortida o‘tkazish fikridan voz kechdi.

Oldinroq Oq uy G7 sammiti 10-12 iyun kunlari Mayamidagi “Trump National Doral Resort” kurortida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. 18 oktyabr kuni AQShning bir necha nufuzli kongressmenlari sammitning Trampga tegishli kurortda o‘tkazilishining moliyalashtirishga qarshi qaratilgan qonun loyihasini taqdim etdi.

Trampning fikricha, endi sammit AQSh prezidentining Vashington tashqarisidagi Kemp-Devid qarorgohida bo‘lib o‘tishi mumkin.

«OAV va demokratlarning telbalarcha va mantiqsiz g‘ayirligi tufayli Mayamidagi Trump National Doral kurortini 2020 yilda G7 sammitini o‘tkazish manzili sifatida boshqa ko‘rmaymiz. Zudlik bilan yangi joyni axtarishni boshlaymiz. Balki bu Kemp-Devid bo‘lar», — deya izox qoldirdi Tramp “Twitter”dagi saxifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!