Tramp Facebook va Instagram sahifalari tiklandimi?

Tramp Facebook va Instagram sahifalari tiklandimi?

Facebook kompaniyasi vakili Endi Stoun AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Facebook va Instagram sahifalari tiklangani haqidagi xabarni rad etdi.

“Prezident Trampning bizning platformamizdagi statusida o‘zgarish yuz bermadi. Uning kirishi noma’lum muddatga to‘xtatilgan”, – deb yozdi Stoun o‘z Tvitterida.

Oldinroq qator OAV Trampning Facebook va Instagram akkauntlari tiklangani haqida yozgan edi. Buning ustiga uning vakili Jeyson Miller NBC telekanaliga Tramp o‘z fikrlarini yozib boradigan blogi bir umrga yopilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bir oydan kam payt yuritilgan “Donald Tramp ish stolidan” (“From the Desk of Donald J. Trump”) nomli blog sobiq prezidentning saytidan o‘chirilgan va boshqa tiklanmaydi.

Facebook va Twitter Trampning akkauntlarini 6 yanvar kuni uning tarafdorlari Kapitoliy binosiga hujum qilganida bloklab qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!