Toshkentdagi Muxtor Ashrafiy ko‘chasida avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentdagi Muxtor Ashrafiy ko‘chasida avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasida avtomobilda harakatlanish vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda shahar hokimligi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 16 sentyabr soat 11:00 ga qadar Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasining Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Alimkent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi bo‘ylab harakatlanish yo‘lning bitta chizig‘i orqali amalga oshiriladi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Hokimlik xabarida noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!