Toshkentdagi "Bo‘rijar" kanalida ayol va erkakni o‘limdan qutqargan FVV xodimi cho‘kib ketdi

Toshkentdagi "Bo‘rijar" kanalida ayol va erkakni o‘limdan qutqargan FVV xodimi cho‘kib ketdi

Kuni kecha soat 15:16larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani YU.Rajabiy MFYdan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayevva I.Murodovlar fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolindi. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.

Tahririyat nomidan marhumning yaqinlariga, oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!