Toshkentda maktab direktorlarini o‘t yulishga majbur qilgan hokim o‘rinbosari jazolandi

Toshkentda maktab direktorlarini o‘t yulishga majbur qilgan hokim o‘rinbosari jazolandi

Soat 6.30dan maktab direktorlariga o‘t yuldirib, majburiy obuna qildirgan va uyma-uy yurdirtirgan hokim o‘rinbosari jazolandi. Bu haqda XTVga tayanib, everyday.uz xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zangiota tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev shu yilning 15 yanvarida og‘zaki topshiriq berib, tumandagi hamma maktablarni 10 dan ortiq ro‘znomalarga majburiy obuna qildirgan.

Shuningdek, hokim o‘rinbosari shu yil 14 may kuni 44 ta maktab direktoriga uyma-uy yurib, mahallalardagi kam-ta’minlangan oilalarni xatlovdan o‘tkazish topshirig‘ini bergan. Unga ko‘ra direktorlar 1 hafta davomida o‘qituvchilar bilan uyma-uy yurib, hisobot qilib, hokimiyatga topshirgan.

Bundan tashqari, 28 may kuni Mamadaliyev direktorlar, yoshlar yetakchilari va har bir maktabdan 1 nafardan xodimni hamda 80dan ortiq o‘qituvchini erta tong, soat 06:45 dan tumanda o‘sgan o‘tlarni tozalash va yerni chopiq qilish, yumshatish ko‘rinishidagi majburiy mehnatga jalb qilgan.

Hokim o‘rinbosarining ushbu harakatlari o‘rganib chiqilgan va unga nisbatan yakuniy qarorga ko‘ra 15,61 mln. so‘m jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!