Toshkentda janjal: Milliy gvardiya xodimi jarohatlandi

Toshkentda janjal: Milliy gvardiya xodimi jarohatlandi

14 fevral kuni soat 23.00 da Shayxontohur tumani navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, "Shodlik" mahallasidagi xonadonlardan birida janjal kelib chiqqan. Voqea joyiga PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borishdi.

Xodimlar mast holatda qo‘lida pichoq ushlab turgan erkakni tinchlantirmoqchi bo‘lganlarida, u Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazgan. Ular 25 yoshli Botirjon Abdulazizovni qo‘lga olib, Shayxontohur tumani IIO FMB 8-son IIBga holatni atroflicha o‘rganish va qonuniy chora ko‘rish uchun olib borishdi. Botirjon Abdulazizov muqaddam sudlangani aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!