Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi

Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtga shikast yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura ushbu qonunbuzar shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

15 aprel kuni noma’lum shaxslar tomonidan yuzlariga niqob taqqan holda Toshkent shahrining Yunusobod tumanining 8-mavzesida maxsus qurilish texnikasidan foydalanib, ko‘p qavatli aholi yashash hududida ko‘p yillik daraxtlarni qasddan nobud qilgan.

Prokuratura organlari tomonidan mazkur xabar asosida tekshirish o‘tkazilmoqda. Hozirda huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli prosessual chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Nazorat tadbiri davomida daraxtlarni nobud qilgan shaxslar va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rejalashtirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!