Toshkentda ayolga qo‘pollik qilgan erkak avtobusdan tushirib yuborildi

Toshkentda ayolga qo‘pollik qilgan erkak avtobusdan tushirib yuborildi

Toshkent shahrida yo‘lovchi ayolga qo‘pollik qilgan mast erkak avtobusdan tushirib yuborildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat”ning mas’ullari tomonidan tezkor tekshiruv-surishtiruv ishlari o‘tkazilgan. Holat King Long rusumli 93-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi R.O. tomonidan yordamlashish uchun ishga jalb qilingan Sherali ismli fuqaro va yo‘lovchi o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida avtobusga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar tekshirildi. Unga ko‘ra, ushbu yo‘lovchi mast holatda avtobusda harakatlangani, jamoat transportida yurish qoidasiga va madaniyatiga amal qilmay, avtobus salonidagi boshqa yo‘lovchilar, shu jumladan, ayol yo‘lovchiga qo‘pollik qilgani sababli avtobus haydovchisining tanishi bo‘lgan Sherali ismli fuqaro tomonidan avtobusdan tushirib yuborilgan va tashqarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Hozirda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgani uchun haydovchiga yordamchi sifatida harakatlangan Sherali ismli fuqaro va mast holatda harakatlangan yo‘lovchining xatti-harakatiga huquqiy baho berish maqsadida ichki ishlar organlariga taqdimnoma kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!