Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatila boshlandi (foto)

Toshkentda avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatila boshlandi (foto)

Endi har bir avtobus haydovchisining faoliyatini kuzatib boradigan, uning xatti-harakatlarini nazoratga oladigan alohida kamera o‘rnatilmoqda.

“UzNews.uz”ga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rabekovning ma’lum qilishicha, Jamiyatga qarashli 8-Avtobus saroyi hamda 2-Avtobus saroyining ayrim avtobuslariga sinov tariqasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

Bu moslama 15 kundan 30 kunga qadar sinovdan o‘tkaziladi hamda hozirda test sifatida qo‘yilgan ikki yo‘nalishdagi ikki xil videokuzatuv moslamalaridan biri tanlab olinadi va qolgan barcha Avtobus saroylaridagi yo‘nalish avtobuslariga o‘rnatiladi.

Videokuzatuv moslamalari avtobusning oldi qismi, yon qismi, orqa tomonini to‘liq kuzatib, yozib oladi. Bundan tashqari eshiklarning ichkari yuqori qismiga esa yo‘lovchilarning sonini hisoblab boradigan kamera ham o‘rnatilgan. Bu kamerani o‘rnatilishidan asosiy maqsad, qaysi yo‘nalishda qancha yo‘lovchi harakat qilmoqda, avtobuslar sonini oshirish kerakmi yoki aksincha degan savolga osonlik bilan javob olish ekani ta’kidlandi.

Ulug‘bek To‘rabekovning “UzNews.uz”ga bilidirishicha, haydovchilarning xatti-harakatini “nazorat qilish”, uning haydovchilik faoliyatini ham kuzatib borish uchun alohida kamera o‘rnatilmoqda.

Agarda bu sinov ijobiy natija beradigan bo‘lsa, yaqin vaqt oralig‘ida barcha jamoat trasportlarida kameralar o‘rnatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!