Toshkentda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

Toshkentda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentning Chilonzor tumanida katta miqdordagi giyohvand moddalar partiyasini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish bo‘yicha tezkor tadbirlarni o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi bosqichda xodimlar tomonidan oldindan kuzatilgan Cobalt avtomashinasi salonida 3 bo‘lakdan iborat 82 gr gashish shuningdek, shuningdek, kichik elektron tarozi topilgan.

So‘ng Chilonzor tumanida yonidagi qo‘l sumkasida 9 dona o‘ramlarda giyohvandlik vositalarini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur o‘ramlardagi moddalar 5 kg 219 grdan ziyod «gashish» va 29,68 gr. og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik moddasi bo‘lib chiqqan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!