Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 26 yanvar kuni soat 12:20 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati

1990 yilda tug‘ilgan R.N. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi «Spark», 1993 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi «Neksiya 3», 1996 yilda tug‘ilgan SH.T. boshqaruvidagi «Lacetti» va 2002 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi «Matiz» o‘zaro to‘qnashgan.

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati

Yo‘l-transport hodisasi natijasida «Spark» hamda «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchilari tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!