Toshkentda 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan yigit qo‘lga olindi (video)

Toshkentda 3 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketgan yigit qo‘lga olindi (video)

Toshkentda 3 yoshli qizaloqni qasddan o‘g‘irlab ketgan Muzaffar ismli yigit qo‘lga olindi. Bu haqda xabar.uz yozmoqda.

Zamon ko‘rsatuvida hikoya qilinishicha, Muzaffar Shahina ismli bir farzandi bor, turmushidan ajrashgan ayol bilan shar’iy nikohdan o‘tadi. Lekin Shahina o‘z odatini tark qilmay dugonasi bilan ko‘ngilochar joylarda, tungi klublarda yurishda davom etadi. Xotinining xiyonatlaridan xabar topgan Muzaffar uni uyga qaytishga undaydi, ammo u rozi bo‘lmaydi. Muzaffar unga bosim o‘tkazish maqsadida Shahinaning dugonasining 3 yoshli farzandini o‘g‘irlaydi va noma’lum joyga yashirinadi. Bu orqali dugonalarga bosim o‘tkazishni ko‘zlaydi, xotinini topib uyga qaytarishni o‘ylaydi.

IIV xodimlari o‘tkazgan tadbir natijasida aybdor qo‘lga olingan. Qizcha oilasiga sog‘-omon qaytarilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi Muso Yusupovning aytishicha, jinoyatchiga nisbatan bir qancha yengillashtiruvchi holatlar inobatga olingan. Aybdor jami 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!