Toshkentda 19 yashar yigitdan 500 dollar talab qilgan ayollar ushlandi

Toshkentda 19 yashar yigitdan 500 dollar talab qilgan ayollar ushlandi

19 yashar Erkin I. Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tamagirlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yigit undan 500 AQSh dollari talab qilayotgan 31 yoshli Durdona I. va 33 yashar Mahfuza X. ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Ayollar pul berilmagan taqdirda Erkin ularni go‘yoki zo‘rlagani haqida huquq-tartibot idoralariga arz qilish bilan qo‘rqitgan.

Talab qilingan summani olayotgan paytda ikki ayol ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!