Toshkentda 17 yashar qizga tajovuz qilgan 50 yoshli erkakka jazo tayinlandi (VIDEO)

Toshkentda 17 yashar qizga tajovuz qilgan 50 yoshli erkakka jazo tayinlandi (VIDEO)

Ijtimiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan, voyaga yetmagan qizga nisbatan shilqimlik qilishga uringan shaxsga oid ma’muriy huquqbuzarlik ishi yuzasidan bayonot berildi.

2022 yil 17 may kuni huquqbuzar B. YU. (1974 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan) alkogolli ichimlik ta’siridan mast holda jamoat joyi hisoblangan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 13-mavze, “Ahilobod” MFY hududida voyaga yetmagan M. K. ga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilib, mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan. Shuningdek, voqea joyiga yetib kelgan IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bosh tortgan.

Huquqbuzarga oid ma’muriy ish hujjatlari Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga 2022 yil 23 may kuni kelib tushgan. Shu kuni mazmunan ko‘rilib, B. YU. ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘riisdagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ushbu Kodeksning 34-moddasi tartibida 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!