Toshkent viloyatida yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

Zangiota tumanidagi Nazarbek shaharchasi hududidan o‘tgan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich — ko‘prik qurilishi boshlandi.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 398 metr, kengligi 22 metr, ko‘prikosti balandligi esa 7 metr bo‘lgan tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi. Ikkinchi bosqichda tonnel ustidan o‘tuvchi 3 izli, uzunligi 32,25 metr, kengligi 18,5 metrli, sxemasi 2x13 bo‘lgan temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi. Shuningdek, 28 metr uzunlikda hamda 12,5 metr kenglikdagi avtomobil yo‘li ko‘prigi qurilishi ham reja qilingan.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda yerosti yo‘l o‘tkazgichi poydevorida qurilish ishlari tugatilib, loyiha doirasida navbatdagi ishlar bajarilmoqda.

2023 yilda yakunlanishi rejalashtirilayotgan ushbu zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirilgach, 32 mingdan ziyod mahalliy aholi va ushbu yo‘ldan o‘tib qaytayotgan boshqa haydovchilarning vaqti tejaladi, avtomobillar tirbandligi bartaraf etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!