Toshkent shahrida qaysi kasalxonada MSKT tekshiruvlarini o‘tkazish mumkin? (ro‘yxat)

Toshkent shahrida qaysi kasalxonada MSKT tekshiruvlarini o‘tkazish mumkin? (ro‘yxat)

Nega MSKT tekshiruvlari faqat xususiy klinikalarda o‘tkaziladi? Toshkent shahrida qaysi kasalxonada ushbu tekshiruvni o‘tkazish mumkin?

➖ Pnevmoniya ilk aniqlangan davrda o‘pkada jarayon qanday kechayotganini bilish uchun MSKT yoki rentgen tekshiruvidan o‘tiladi.

Davolanib bo‘lgandan so‘ng o‘pkada asorat qolgan yoki qolmaganini bilish uchun rentgen yoki MSKT tekshiruviga faqat shifokor tavsiyasi asosida tushishingiz lozim.

Tez-tez rentgen yoki MSKT tekshiruvidan o‘tish sog‘liqqa zarar hisoblanadi.

Toshkent shahrida quyidagi davlat tibbiy muassasalarida MSKT o‘tkaziladi: 
✔️ Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya  markazi, 
✔️ Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, 
✔️ Respublika onkologiya markazi¸ 
✔️ Respublika  ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 
✔️ Travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi,
✔️ Respublika terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, 
✔️ TTA klinikasi, 
✔️ Respublika nogironlarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazi, 
✔️ Toshken shahar 4 –son klinik shifoxonasi, 
✔️ shahar 1-bolalar klinik shifoxonasi, 
✔️ shahar 2-bolalar klinik shifoxonasi,
✔️ Ibn Sino nomli shaxar 1-son klinik shifoxonalari. 

SSV ning «Toshkent shahrida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan hamda gumon kilingan bemorlarni stasionar va ambulator sharoitda faol aniqlash, diagnostika, davolash va reabilitasiya tadbirlari monitoringini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida» gi ko‘rsatmasiga asosan, o‘rta og‘ir darajadagi (SrOr>9Z%, nafas olish tezligi >22, yurak urish tezligi 90-100 ta./daq) bemorlar shifokor tavsiyasi asosida biriktirilgan hududlar bo‘yicha yuqoridagi tibbiyot muassasalarida MSKT tekshiruvidan o‘tkaziladilar.

O‘pka to‘qimasining shikastlanishi 25-40% ni tashkil etgan holatda ushbu bemor maxsus saralash markaziga yuboriladi.  

Vazirlik ko‘rsatmasiga asosan epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan yoki gumon qilingan o‘rta og‘ir darajali bemorlar biriktirilgan hududlar bo‘yicha MSKT tekshiruvidan o‘tkazilishi ta’minlanadi va  hozirgi kunda ushbu muassasalarda MSKT tekshiruvlarining 24 soat davomida uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!