Toshkent shahrida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan SH.X. va boshqalar fuqaro M.R.ga “K.Ritter” nomli tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan umumiy bahosi 58,7 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 2 169 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. va boshqalar fuqaro B.M. xorijda ishlab chiqarilgan 2 turdagi jami 1 500 quti tamaki mahsulotini 25,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar F.A. va S.K. xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 61 dona alkogol hamda 210 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro M.X.ga 4 100 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!