Zelenskiy to‘rtta armiya brigadasini qurollantira olmasligini aytdi

Zelenskiy to‘rtta armiya brigadasini qurollantira olmasligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana G‘arb hamkorlari tomonidan qurol-yarog‘ sekin yetkazib berilayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda .

Zelenskiy telekompaniyaga nega AQShdan katta yordam va Yevropadan yetkazib berilgan yuklarni qabul qilganidan keyin Ukraina Qurolli Kuchlarida hali ham qurol-yarog‘ yetishmasligini tushuntirdi.

«Birinchidan, hammasi juda sekin ketmoqda. Ikkinchidan, 14 ta brigada tayyor bo‘lishi kerak. Biz hatto to‘rttasini ham jihozlamadik», — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning eslatishicha, AQSh Kongressi Ukrainaga yordam berishga qaror qilar ekan, mamlakat barcha zaxiralarini tugatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, armiya qo‘lidan kelgan barcha narsani ishlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!