“Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan yarashuvni uzaytirishdan bosh tortdi

“Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan yarashuvni uzaytirishdan bosh tortdi

16 iyunda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi tugashi va Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan joriy qilingan yarashuv uzaytirilishini ma’lum qilgandi. Afg‘oniston hukumati yarashuvni 11 iyundan 19 iyungacha amal qilishini belgilagandi. O‘z navbatida “Tolibon” hayitning dastlabki 3 kuni – 15 iyundan 17 iyungacha o‘z jangarilarini yarashuvga amal qilishga chaqirgan. Bu vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab afg‘on askarlari, toliblar va tinch aholining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan. 

Biroq Ramazon hayiti ko‘ngilxirasizlik o‘tmadi. 16 iyunda Nangarhor viloyatidagi Jalolobod shahrida avtomobilning portlatilishi oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 65 kishi jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida afg‘on harbiylari va tinch aholi qatorida toliblar ham bo‘lgan. Portlatilgan mashina yonida afg‘on harbiylari va toliblar uchrashuvi o‘tayotgan bo‘lgan. 

Shuningdek, 17 iyunda shaharda yana bir terakt amalga oshirildi. Uning oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohat olgan. Terrorchi-xudkush viloyat gubernatori idorasi yaqinida hayit bayramini nishonlayotgan olomon orasida o‘zini portlatgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!