Tojikistonda 3 kishi vafot etdi, yana 102 kishida koronavirus aniqlandi

Tojikistonda 3 kishi vafot etdi, yana 102 kishida koronavirus aniqlandi

Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yana 102 ta holat qayd etildi, jami bemorlar soni 230 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Tojikistonda COVID-19 yuqtirib olganlar soni 230 taga yetdi, bu 2 may holatiga nisbatan 102taga ko‘p, uch kishi vafot etdi", - dedi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat shifoxonalarida 208 kishi tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi, 246 kishiga qoniqarli holatda shifoxonadan uylariga javob berilgan.

Kasallikka chalinish bilan bog‘liq 230ta holatning 110tasi Dushanbeda, 22tasi respublika bo‘ysunuvidagi shahar va tumanlarda,, 7tasi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida, 21tasi Xatlon viloyatida va 70tasi So‘g‘d viloyatida qayd etilgan.

Tojikistonda koronavirus kirib kelgani haqida ilk marta 30 aprel kuni rasman e’lon qilingandi. Bu xabar JSST mutaxassislari mamlakatga kelish arafasida e’lon qilindi. Birinchi kuni mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlangandi. 3 may kuni esa bu borada o‘ziga xos rekord (52 kishi) o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!