Tojikistonda 120 ming maktab o‘quvchisi OITSga tekshirildi. Nega?

Tojikistonda 120 ming maktab o‘quvchisi OITSga tekshirildi. Nega?

Tojikistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 120 mingga yaqin o‘quvchilar OITS kasalligiga tekshiruvdan o‘tdi. Respublika OITSga qarshi kurash markazi ma’lum qilishicha, mazkur tekshiruvdan maqsad OIV-infeksiyasining maktab o‘quvchilarida tarqalish darajasini aniqlashdan iborat.

Tojikistonda OIV-infeksiyasi bilan zararalangan bemorlarning rasmiy ko‘rsatgichi 7 ming kishini tashkil etib, ulardan 800 nafari bolalardir.

Bolalarda tekshiruv o‘tkazish uchun ota-onalaridan rozilik xati olingan.

23 yanvar kuni testlar Tojikiston poytaxtining 6 maktabida amalga oshirilgan. Hukumat vakilining ma’lum qilishicha, OIV ga tekshiruvlar maktablarda 10 fevralga qadar davom etadi.

ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!