Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar to‘xtatildi

Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar to‘xtatildi

Tojikistonning Somon Air aviashirkati fevral oyigacha Dushanbe–Urumchi (Xitoy) yo‘nalishidagi parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda Asia-Plus nashriga asoslanib Daryo xabar qildi.

Xitoyning South China Airlines shirkati ham fevralga qadar Tojikistonga bo‘ladigan parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgan.

«Reyslarning bekor qilinishi yangi turdagi koronavirusning tarqalishi bilan bevosita bog‘liq yoki bog‘liq emasligi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Reyslar 25 yanvarda Xitoyda nishonlanadigan yangi yil bayrami bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin», — qayd etiladi Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan keladigan yo‘lovchilarni sinchiklab tekshirish uchun aeroportlarni qattiq nazoratga olgan edi.

O‘zbekiston TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan. Vazirlik avval ham bu haqda fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan. SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgan, keyinchalik O‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘qligini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha 3—14 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasi musobaqasi bekor qilinganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!